FARHOD GIDROUZELI

FARHOD GIDROUZELISirdaryo oʻzaniga qurilgan (1943—48) gidrotexnika inshooti. Bekobod sh. yaqinida. Farhod gidrouzeli tarkibiga toʻgʻon, suv ombori, Farhod / ESkiradi. Toʻgʻon betonli oqova toʻgʻon va tuprokli toʻgʻondan iborat. Betonli oqova toʻgonning uz. 120 m, bal. 28,5 m. Unga har birining eni 10 m boʻlgan 8 ta darvoza oʻrnatilgan. Maksimal suv sarfi 4430 mʻ/sek. Oʻng qismiga Dalvarzin kanali rostlagichi qurilgan (suv sarfi 69 mʻ/sek). Tuprokli toʻgʻon uz. 28 m, yuqori qismi eni 16,5 m, ustiga avtomobil yoʻli, chap qismiga eni 10 m boʻlgan 7 darvozali derivatsiya kanali rostlagichi qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi 470 m3/sek. Toʻgʻon Sirdaryo suvi sathini 23,6 m ga koʻtaradi va Farhod suv omborini hosil qiladi. Suv ombori uz. 28 km, eni 250—3000 m, hajmi 330 mln m3, oʻrtacha chuq. 7,2 m, suv sathi yuzasi 46 km2. F. g. da 1943—49 y. larda Farhod GES qurilgan. Farhod gidrouzelidan Doʻstlik kanali va Janubiy Mirzachoʻl kanali boshlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x