FARGʻONA HALQA AVTOMOBIL YOʻLI

FARGʻONA HALQA AVTOMOBIL YOʻLI — umumdavlat (respublika) ahamiyatidagi yoʻl. Namangan viloyatining Pungon qishlogʻida A373 «Toshkent — Oʻsh» xalqaro avtomobil yoʻlidan boshlanib, Koʻqon — RishtonFargʻonaAndijon — Namangan — Chuyet — Pop sh. laridan oʻtib Fargʻona viloyatining Qoʻqon sh. da yana A373 avtomobil yoʻliga tutashadi. Yoʻlga 1931-y. da asos solingan boʻlib, xalq hashari usuli b-n qurilgan. 2-jahon urushi davrida qarovsizlik oqibatida buzilib yaroqsiz qolga keldi. Urushdan keyin 1946—53 y. larda qayta qurildi, Fargʻona vodiysining asosiy avtomobil yoʻliga aylantirildi va yoʻl boʻylab muntazam yoʻlni saklash xizmati tashkil qilindi. Keyinchalik yoʻl yoʻnalishidan chetda boʻlgan Chust va Shahrixon sh. lariga, Fargʻona dam olish zonasiga, Namangan aeroportiga, Pop temir yoʻl styasiga, Karkidon suv omboriga va b. xoʻjalik obyektlariga uz. 43 km ni tashkil qiluvchi chiqish yoʻllari ham qurilib halqa yoʻl bilan uzviy bogʻlandi. Umumiy uz. 295 km, shundan 159 km — I toifali, 133 km — II toifali, 3 km — 111 toifali, qattiq asfaltbeton toʻshamali, yil davomidagi kunlik transport harakati jadalligi yoʻlning turli qismlarida turlicha boʻlib 5000 — 12000 avtomobil /kunni tashkil qiladi. Yoʻlning daryolar, kattakichik tabiiy suv oʻzanlari bilan kesishuv qismlarida uz. 5256 m boʻlgan 88 temirbeton koʻpriklar va uz. 20953 m boʻlgan 654 temirbeton quvurlar qurilgan.

Adtrelsov I. V., Semyonov L. I., Opыt stroitelstva avtomobilnыx dorog v Uzbekistane, T., 1965.

Tohirjon Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x