FARER TILI

FARER TILI — Skandinaviya tillaridan biri; island tili bilan birgalikda orollardagi Skandinaviya tillari guruhini tashkil etadi. Asosan, Farer orollarish va Daniyaning boshqa viloyatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 45 ming kishiga yaqin (oʻtgan asr oxirlari). Farer tilining 6 lahjasi boʻlib, ular, asosan, fonetik jihatdan farklanadi. Farer tili — Norvegiyaning jan. gʻarbidan chiqqan va 9 — 10-a. larda Farer orollarini bosib olgan normannlar tilining davomchisi. German tillaritsht shim. (skandinav) tarmogʻiga mansub. Island tili kabi, boshqa Skandinaviya tillaridan morfologiyasining birmuncha qadimiyligi bilan ajralib turadi. Leksikasida dan (dat) tilining kuchli taʼsiri seziladi.

Farer tili 19-a. boshigacha yozuvga ega boʻlmagan. Yozma til vazifasini dan tili bajargan. 14—17-a. larda yaratilgan farer xalq balladalari ilk bor 18-a. oxirlarida yozib olingan. 1846-y. da V. U. Xammershayib Farer tili uchun lotin grafikasi asosida yozuv va imlo qoidalarini ishlab chiqqan. 1906-y. dan Farer tili maktablarda oʻqitila boshlagan. Adabiy til Torsxavn sh. lahjasi asosida shakllangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x