FARD

FARD (arab. — yakka, yolgʻiz) — Yaqin va Oʻrta Sharq adabiyotidagi poetik janr. Hajmi bir bayt, yaʼni 2 misradan iborat boʻladi. Muayyan mazmun, gʻoya ilgari suriladi, badiiy umumlashma, hayotiy tajribadan kelib chiquvchi hukm, xulosa tajassum topadi. Mac, Holimni sanga aytib hajr oʻtiga oʻrgandim, Ey yor, yomon qildim, har neki dedim, yondim (Bobur).

Fardda dolzarb, salmoqli falsafiyaxloqiy gʻoyalar ifodalanadi. Fardning qisqa va ixchamligi shoirdan «Ming maʼnini bir nuqta bila muxtasar etish»ni (Mashrab) taqozo etadi. Fard janriga xos erkinlik shoirning ijodiy imkoniyatini kengaytiradi, ijodiy erkinligini taʼminlaydi. Hoz. oʻzbek shoirlaridan Abdulla Oripov, Rauf Parfi va b. ijodida Fardlar uchraydi.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x