FARADOMETR

FARADOMETR, faradmetr (farada va…metr) — sanoat chastotasidagi oʻzgaruvchan tok elektrotexnika buyumlari (kondensatorlar, kabellar va b.)ning elektr sigʻimini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. F. da bevosita oʻlchovchi mexanizm sifatida elektromagnit, elektrodinamik yoki ferrodinamik logometr qoʻllanilgan. Bu F. larning shkalalari mkF va pF da darajalanadi. Magnitoelektr oʻlchash mexanizmli Faradometrlar ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x