FARADEY

FARADEY Maykl (1791.22.9 London — 1867.25.8) — ingliz fizigi. kimyogari, elektromagnit maydoni taʼlimoti asoschisi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1824). Peterburg FA aʼzosi (1830). London Qirollik jamiyati intida assistent (1913), lab. direktori (1825), kimyo kafedrasining prof. (1833—62). Ilmiy ishlari elektr, magnitizm, magnitooptika va elektrokimyoga oid. Elektromagnit induksiya hodisasi (1831), elektroliz qonunlari (1833), diamagnetizm va paramagnetizm hodisasi (1845), yorugʻlik qutblanish tekisligining magnit maydonda burilishi (1845) va b. ni kashf etgan. Elektr zaryadining saklanish qonunini eksperimental tasdiklagan (1843). Faradey gʻoyalari va uning ilmiy yutuklari fizika fanining rivojlanishida muhim__oʻrin tutgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x