FARADEY QONUNI

FARADEY QONUNI — elektrolizning miqdoriy qonunlari. M. Faradey ochgan (1833—34). Faradey qonuni elektrodlarda ajralgan modda massasining modda tabiatiga va elektrolitdan oʻtgan zaryad miqdoriga bogʻlanishini ifodalaydi. Faradeyning lqonuni elektrodda ajralgan moddaning massasi t elektrolitdan oʻtgan zaryad mikdori q ga toʻgʻri proporsional ekanligini, 2qonuni elektrolitdan bir xil zaryad oʻtganda ajraladigan turli moddalarning massalari bu moddalarning kimyoviy ekvivalentlari A ga proporsional ekanligini bildiradi. Faradeyning 2qonunidan turli moddalarning 1 ga ekvivalentini ajratish uchun bir xil zaryad kerakligi kelib chiqadi. Faradey qonunini m=qA/F=kq shaklda yozish mumkin, bunda F — Faradey soni, k=A/F — moddaning elektrokimyoviy ekvivalenta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x