FAN-TEXNIKA INQILOBI

FAN-TEXNIKA INQILOBI, ilmiy-texnika inqilobi — ishlab chiqaruvchi kuchlarning tub sifat oʻzgarishlarida fanning asosiy i. ch. omili boʻlishi. 20-a. ning oʻrtasida boshlangan. Fan-texnika inqilobi mehnatning mazmuni, xarakteri va sharoitini, ishlab chiqaruvchi kuchlar strukturasini, mehnat taqsimotini, jamiyatning professional strukturasini oʻzgartiradi; mehnat unumdorligining oʻsishiga olib keladi; jamiyat hayotining hamma tomonlariga, madaniymaishiy hayotga, inson psixologiyasiga taʼsir koʻrsatadi. Xodimlarning maʼlumot darajasi, malakasi, madaniyati, uyushqokligi va masʼuliyatiga katta talablar qoʻyadi.

Elektron hisoblash mashinalari Fan-texnika inqilobining ramzi hisoblanib, uning paydo boʻlishi inson funksiyalarini astasekinlik bilan mashinalarga berishga, i. ch. va boshqaruvni kompleks avtomatlashtirishga olib keldi. Hoz. davrda Fan-texnika inqilobi kuyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: fanning bevosita ishlab chikaruvchi kuchga aylanishi; shu bilan bogʻliq ravishda ijtimoiy mehnat taqsimotida yangi davrning boshlanishi; mehnatning xarakteri va mazmunida ijodiy elementlarning kuchayishi; yangi energiya manbalari yordamida sunʼiy materiallarning yaratilishi; axborotning ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi ahamiyatining kuchayishi, ommaviy kommunikatsiya vositalarining misli koʻrilmagan taraqqiyoti; umumiy va maxsus taʼlim hamda madaniyat darajasining oʻsishi; fanlararo oʻzaro bogʻliq murakkab muammolarni kompleks hal qilish, ijtimoiy fanlar rolining ortishi; ijtimoiy taraqqiyotning keskin tezlashishi, planeta miqyosida integratsiyalashuv; ekologik muammoning paydo boʻlishi va u bilan bogʻliq xrlda jamiyattabiat tizimini ilmiy boshkarishning zarurligi.

Fan-texnika inqilobi global muammoga aylangan ayrim salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu muammolar (ekologiya, xalqaro terrorizm, demografiya, energiya tanqisligi bilan bogʻliq va b.)ni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish taqozo qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x