FAKTURA

FAKTURA (lot. factura — ishlov berish, tuzilish) — 1) iqtisodiyotda xaridor nomiga sotuvchi tomonidan beriladigan va sotilgan tovarning xili, mikdori va qiymati koʻrsatilgan tovar hujjati; 2) tasviriy sanʼatda badiiy asar sirti hamda uning ishlanish xususiyatlari. Rangtasvirda Faktura boʻyoq qatlamining xususiyatlarini: mas, «ochiq» F. (kengkeng boʻyoq surtish, boʻyoqning notekis qatlami) yoki «yashirin» F. ; haykaltaroshlik (haykal, relyef va b.) va amaliy bezak sanʼatida badiiy hunarmandchilik asari sirtining sayqallanganligi, gʻadirbudurligi va h. k. ni ifodalaydi. 20-a. sanʼatida Fakturani murakkablashtirish (kollaj, boʻyoq qatlamiga qipiq, qum qoʻshish) boʻyicha tajribalar tarqaldi;

3) musiqada muayyan asarni tashkil qiluvchi bayon vositalari (tembr, registr holati, ovozlar oʻzaro nisbatlari va b.) majmui.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x