FAKTORING

FAKTORING (ing. factor — agent, vositachi) — kichik va oʻrta firma (mijoz)larga tijorat banklari va ularning shoʻba faktorfirmalari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar turi. 16—17-a. larda savdo vositachilari tomonidan amaliyotga kiritilgan, keyinchalik mijozga aylanma kapital uchun kredit berishning bir turiga aylandi. Faktoringda faktorfirma mijoz (tovar yetkazib beruvchi)lardan kdrzdorlarning qisqa muddatli karzlarini undirish huquqini sotib oladi va firmalarning qarzlarini (majburiyatlarini) mijozga toʻlaydi, yaʼni qarzni qaytarish muddatidan oldin uning 70—90%ni mijozga qaytaradi, qarzning qolgan qismi, foizlar chegirilgan holda qarzdorlar faktorfirma oldidagi oʻz qarzini batamom uzganidan keyin qaytariladi. Faktoringda mijoz oʻzining qarzdorlaridan qarzni undirish huquqini faktorfirmaga oʻtkazadi.

Ayniqsa, Gʻarb davlatlarining iqtisodiy amaliyotida keng qoʻllaniladi. Faktoring boʻyicha kreditlar muddati 90—120 kun atrofida, kredit foizlari rasmiy bank stavkasidan yuqori turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x