EYLBR Ulf Svante fon (1905.7.2, Stokgolm 1983.8.3,) shved fiziologi. Stokgolmdagi Karolin intini tugatgan (1929), farmakologiya kafedrasi assistenti (1930-yildan), fiziologiya prof. (1939-yildan). U ichak toʻqimasida «R substansiya» nomli biologik faol modda kashf etgan. Ilmiy faoliyati adrenergik nerv oxirlarining fiziologiyasiga bagʻishlangan. Eylbr noradrenalin simpatik nerv sistemasining mediatori ekanligini aniqladi va uning fiziologik va patologik holatlardagi almashinuvini oʻrgandi. U prostaglandinlarni ham kashf etib, ularning organizmdagi ahamiyatini tekshirdi. London Kirollik jamiyati aʼzosi (1973), Nobel mukofoti laureati (1970; hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые