EYFORIYA

EYFORIYA (yun. — yaxshi, — qabul qilaman) — oʻz-oʻzidan quvonish, dimogʻchogʻlik. Atrof-muhit va oʻzining ogʻir holatiga mos tushmagan holda bemor kayfiyatining koʻtarilib ketishi. Bosh miyaning turli organik kasalliklari (oʻsmalar, avj oluvchi falaj) da, spirtli ichimliklar ichganda, giyohvand moddalar qabul qilganda va boshqalar da kuzatiladi. Eyforiyada bemor begʻam, betashvish, xursand, shu bilan birga kamgap, kam harakat boʻladi, bir joyda jilmayib yotaveradi. Eyforiya ateroskleroz, epilepsiya va boshqalar koʻpgina ruhiy kasalliklarning belgisi tarzida ham namoyon boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x