Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Ilm oʻrganish bir lahzalik mashaqqat boʻlib, tezda oʻtib ketadi. Ammo ilmni mensimaslik, johillikning ogʻrigʻi, mashaqqati umr boʻyi davom etadi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Yo Robbim! Menga namozdan dangasalik qilmaydigan va uni ortga surmaydigan qalb ato etgin!
*****
Oʻng qoʻlingni yuraging ustiga qoʻy va shunday deb ayt: “Oʻzingni bos! Sabr qil! Alloh taolo nimani xohlasa, oʻsha ish boʻladi. Nimani xohlamasa, u ish boʻlmaydi”.
*****
Ey Alloh! Bizga kenglik, xotirjamlik, yengillik, hidoyatda sobitlik va xushhollik ato etgin!
*****
Ey Robbim! Agar soʻrovlarim shukrimdan koʻpayib ketsa, Oʻzing kechir!
*****
Toʻgʻri, biz baʼzi insonlarning qalblaridagi oʻrnimizni bila olmaymiz. Lekin ularning bizga qiladigan muomalalaridan oʻsha oʻrnimiz qandayligini seza olamiz.
*****
Hasadchining eng katta orzusi – hasad qilinayotgan kishidagi neʼmat undan ketib, hasadchining oʻziga kelishidir.
*****
Kaʼba oldida bir oʻzim oʻtirib, xatolarimga yigʻlab, ichimdagi barcha iztiroblar chiqib ketishini sogʻindim. Ey Robbim! Bizga Baytingning tavofini nasib et!
*****
Odamlar faqat boy boʻlishning oʻzini emas, balki boshqalardan koʻra boyroq boʻlishni xohlaydilar.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Oʻzingdagi bitta gʻam sendagi mingta neʼmatni unuttirishiga yoʻl qoʻyma.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Onangni rozi qilganing sari hayot sendan rozi boʻlib boraveradi.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Boshingga tushishini istamagan ish bilan boshqalarga ozor berma!
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Baʼzi odamlarga ikki kaftingda asal tutsang, ular asalni yeb boʻlib, qoʻlingni tishlab olishadi.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Agar ahmoq kimsa senga baʼzi gaplarni gapirsa, unga javob berma! Chunki, ahmoqqa javob bergandan koʻra sukut qilish yaxshiroqdir.
Imom Shofeiy rahimahulloh
*****
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/ey-robbim-agar-sorovlarim-shukrimdan-kopayib-ketsa-ozing-kechir/