EVRIGALIN HAYVONLAR

EVRIGALIN HAYVONLAR (evri… va yun. paNpok — shoʻrlangan) — muhit shoʻrlanishining keng miqyosda oʻzgarishiga chidamli boʻlgan suv yoki tuproq hayvonlari. Evrigalin hayvonlarga dengiz sohilida, daryolar quyilishida, shoʻrlangan yoki kuchli shoʻrlangan suv havzalarida yashaydigan hayvonlar, dengizdan daryolarga oʻtib uvildiriq tashlaydigan baliqlar kiradi. Evrigalin hayvonlar orasida artemiya qisqichbaqasi 20 dan 40% gacha shoʻrlangan, hatto vaqtinchalik chuchuklashgan suvlarda yashay oladi. Evrigalin hayvonlar hda shoʻrlanishning oʻzgarishiga chidamlilik xususiyati ular ichki muhitidagi suyuqlikda osmotik faol moddalar konsentratsiyasining nisbiy doimiyligini boshqarib turuvchi osmoregulyatsiya mexanizmi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x