ETRUSKLAR

ETRUSKLAR (lot. Tiva, oʻzlarini — rasna deb atashadi) — mil. av. 1-ming yillikda Apennin ya. o. ning shim. gʻarbida, qadimda Etruriya (hoz. Toskana) deb atalgan viloyatda yashagan qadimiy qabilalar. Etrusklar — ,Rim madaniyatidan avvalgi yuksaq madaniyat ijodkorlari. Mil. av. 7-asrdayoq Etrusklarda yozuv boʻlgan, 10 mingga yaqin qisqa bitiklar maʼlum (q. Etrusk tili). E. ning etnogenezi nomaʼlum. Gerodot ularni Lidiyadan kelib, umbrlar yeriga joylashgan deb hisoblasa, Gellanik (mil. av. 5-asr) egeylik pelasglar tarmogʻi deydi. Galikarnaslik Dionisiy fikricha, ular mamlakatning tub aholisi boʻlgan. Mil. av. 7-asrda Etrusklarning qalin mudofaa devori bilan oʻralgan shahar qalʼalari boʻlgan, ular keyinchalik iqtisodiy va siyosiy markazlarga aylangan. Ularni shohlar idora etgan. Etrusklarning tarkviniylar sulolasi mil. av. 616—509-yillarda Rimni idora qilgan. Sentina (mil. av. 295) va Vadimon koʻli boʻyidagi jang (mil av. 283)dan soʻng Etruriyaning butun hududi Rimga tobe boʻlgan. Etrusklar qadimiy Italiyaning madaniy taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshganlar. Rimliklar ulardan siyosiy tashkilot tizimi xususiyatlarini, armiya tuzilishi va qurollanishi, davlat mansabdor shaxslarining belgilari (insignatsiyalar)ni qabul qilishgan; etrusk mifologiyasi va dini Rim mifologiyasi va diniga quchli taʼsir koʻrsatgan; yunon yozuvi ham ularga Etrusklar orqali oʻtganligi taxmin qilinadi.

Fatxulla Ergashev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x