ETIMON

ETIMON (yun. — haqiqat) — hoz. tidda mavjud muayyan soʻz yoki morfemaning kelib chiqishiga asos boʻlgan soʻz, morfema yoki soʻz birikmasi; soʻzning dastlabki maʼnosi va shakli. Mas, qattiq soʻzining yuzaga kelish asosi qot (qotmoq feʼli) va (i)q affiksi boʻlgan. Yoki qishloq soʻzi (aslida: qish+la+q) qishda yashaydigan joy maʼnosini bildirgan. Hoz. bu maʼno kuchsizlanib, sezilmas holga kelgan; yap affiksi «yatip» (yotib) dan yuzaga kelgan.

Etimonni aniqlash etimologik tadqiqotlarning asosiy maqsadidir. Etimon vazifasini bajargan soʻzning shakli va maʼnosi koʻpincha turli omillar taʼsirida oʻzgarib ketadi, bu hol uning asl maʼnosini aniqlashni qiyinlashtiradi. Mas, qoplamoq (qopga solmoq), qovoq («koʻzning ustini qoplab turadigan» maʼnosida), qovurgʻa, qopqoq, qopqon kabi soʻzlarning Etimoni «qoplab, berkitib turuvchi» maʼnosidagi «qoplamoq» feʼlidir. Leksemalarning Etimon ini aniqlash bilan tilshunoslikning etimologiya boʻlimi shugʻullanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x