ETATIZM (frans. — davlat) — davlatni jamiyat taraqqiyotining yuqori natijasi va maqsadi hamda oʻz navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy, hal qiluvchi omili deb hisoblovchi ijtimoiy tafakkur yoʻnalishi. «Etatizm» terminini shveysariyalik siyosatshunos N. Dro 19-asrda qoʻllagan. Etatizm iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning oʻta markazlashishi va byurokratlashishini, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va h. k.) da zoʻravonligini anglatadi. Etatistik mafkuraning erkinlashuv va demokratiyaga qarshi xarakteri davlatning avtoritar, totalitar va fashistik shakllarida yaqqol namoyon boʻladi. 20-asrning 30-y. larida Turkiyada Etatizm milliy iktisodiyotning real modeli sifatida rasman tan olingan edi. Turkiya Respublikasining 1prezidenti M. K. Otaturk E. siyosatini eʼlon qilgan va bu siyosat mamlakatning 1937-yilgi konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilgan. Turli mamlakatlarning iqtisodiy tizimlari oʻz taraqqiyotining ayrim davrlarida amalda etatistik modelga muayyan darajada yaqinlashgan. Uning asosiy belgilari fashistlar Germaniyasi singari totalitar davlatlarda amalga oshirilgan. SSSR, Sharqiy Yevropa, shuningdek, JanubiSharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida davlat iktisodiyoti aslida etatistik iqtisodiyot boʻlgan edi. Iqtisodiyot etatistik modelining samarasizligi SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari iktisodiyotining sinishida ayniqsa yaqqol koʻzga tashlandi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии