ESKI KERMEN

ESKI KERMEN — Qrimdagi oʻrta asr gʻor shahri xarobasi; Stolovaya togʻining tik yon bagʻrida, Boqchasaroyst 18 km jan. gʻarbda joylashgan. Shahar 5-asr oxiri — 6-asr boshida barpo etilgan. Qazishmalar (1928—37, rahbari N. I. Repnikov) natijasida Eski Kermen Vizantiya tomonidan Xerson (Xersones)ga boradigan yoʻlda qurilgan muhim qalʼa boʻlganligi aniqlangan. Shahar qalin mudofaa devori bilan oʻralgan; qoya oʻyilib, yer osti suv ombori (hovuz) qilingan, undan qamal paytida foydalanishgan. 6-asrda xristian bazilikasi bunyod ztilgan. 8-asr oxirida shahar xazarlar tomonidan vayron etilganligi taxmin qilinadi. 11-asrda u qayta tiklangan. 12-asr da Feodoro knyazligi tarkibiga kirgan. 12—13-asrlarda shahar ravnaqtopgan (12-asrda Uspenskiy cherkovi qurilgan). Shahar turar joylari zich joylashgan. Koʻchalar, koʻplab tosh uylar, qoyaga oʻyib ishlangan xoʻjalik inshootlari, molxona va boshqalar qoldiqlar topilgan. Aholi dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo bilan shugʻullangan. 1229 yil shahar moʻgʻullar tomonidan vayron etilib, undagi hayot tugagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x