ESKADRON

ESKADRON (frans.) — 1) 20-asr oʻrtalariga qadar muntazam kavaleriyadagi taktik boʻlinma; 2—4 vzvoddan iborat boʻlgan; kazaklar otliq qoʻshinida sotnya deb atalgan. Turli davlatlar armiyalarida Eskadron 120—200 kishidan tashkil topgan. 4—6 ta Eskadrondan kavaleriya polki tuzilgan;

2) ayrim xorijiy davlatlar (mas, Buyuk Britaniya) qurolli kuchlarida tank polkidagi taktik boʻlinma (101 kishi); boshqaruv guruhi, 4 tank va xizmat koʻrsatish vzvodlaridan iborat. Tank polkida, shuningdek, shtab E. i (100 kishi) va xizmat koʻrsatish Eskadroni (111 kishi) ham mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x