ESHONQULOV

ESHONQULOV Abdusattor (1916.10.2 — Toshkent —1997.9.12) — 2-jahon urushi qatnashchisi, mayor. Toshkent toʻqimachilik kombinatida usta yordamchisi boʻlib ishlagan. 1937-yildan armiyada. Volsk harbiy aviatsiya texnika bilim yurtini (1939), Voronej uchuvchilar harbiy aviatsiya maktabini (1942), Balashov uchuvchilar harbiy aviatsiya maktabini tugatgan (1943). 1944-yildan 62shturmchi aviatsiya polki (2Belorussiya fronti 4havo armiyasining 233shturmchi aviatsiya diviziyasi) zveno komandiri. Eshonqulov 1945 yil apr. gacha 100-marta jangovar parvoz qilib, dushman qismlariga anchagina talafot keltirgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945.18.8). Urushdan keyin harbiy havo kuchlari aviatsiya qismlarida xizmat qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x