ESHON BOBOXON

ESHON BOBOXON ibn Abdulmajidxon (1860 — Toshkent —1957) — muftiy, shayx. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonshtt otasi. Ruhoniy oilasida tugʻilgan. Dastlabki ilmni bobosi shayx ulislom Ayubxon ibn Yunusxondan olgan. Keyin Buxoroda Mir Arab madrasasida tahsil koʻrgan. Aqoid, fiqh, tafsir va hadis bilimlarini chuqur egallagan va naqshbandiya tariqatining namoyandasi sifatida tanilgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkilotchilaridan biri va uning birinchi raisi, muftiy (1943—57). Eshon Boboxon diniy boshqarma rahbari sifatida dindorlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olish bilan birga boshqarma faoliyatini fashizmni tormor etish uchun frontga har tomonlama yordam koʻrsatish, xalqaro tinchlikni himoya qilish ishlariga yoʻnaltirgan. E. B. Toshkentdagi Qaffol Shoshiy maqbarasi yoniga dafn qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x