ESHKAK

ESHKAKqayiq va kemalarni harakatga keltirish va boshqarish uchun xizmat qiladigan qurak yoki mexanizm. Qayiq Eshkak lari uzun dastali yogʻoch kurakdan iborat. Qayiqning kattakichikligiga qarab, uni bir (tikka turib yoki oʻtirib), ikki, toʻrt, olti, sakkiz va hokazo. Eshkak bilan harakatlantirish mumkin. Bunday Eshkak qadimdan maʼlum. Ulardan jangovar kemalarda ham foydalanilgan (mas, Yunoniston, Karfagen, Rim, Finikiya va boshqalar). Rossiyada Eshkak li kemalar harbiydengiz flotining ajralmas qismi boʻlgan (18—19-asrlar). Oxirgi marta Eshkak li rus floti 1828—29 yillardagi rusturkurushida qatnashgan. Hozir ham istirohat bogʻlaridagi sayr qayiqlarida, sport qayiqlarida Eshkak ishlatiladi. Eshkakning gʻildirak shaklidagi xili (E. gʻildirak) ham bor. Bunday Elar 18-asrda bugʻmashinasi yaratilganidan soʻng paydo boʻlgan kemalarda ishlatilgan. Doira boʻylab joylashtirilgan va burilish mexanizmi (ekssentrik) bilan tortqilar yordamida sharnirli biriktirilgan toʻgʻri toʻrtburchak parrakdan iborat. Bunday Eshkak kemaning oʻrta yoki quyruq qismiga koʻndalangiga oʻrnatiladi, uni bugʻ dvigateli harakatga keltiradi. Eng keng tarqalgan zamonaviy Eshkak harakatlantirgich Eshkak vIn-t deb ataladi. U valga oʻrnatilgan gupchakdan iborat. Gupchakdan bir-biridan bir xil masofada oʻqqa nisbatan maʼlum burchak ostida oʻrnatilgan parraklar bor. Bunday Eshkakning yaxlit parrakli, gupchak bilan birga quyilgan va shtamplangan; parraklari olinadigan turlari bor. Eshkak latun, bronza, choʻyan, poʻlat, plastmassadan tayyorlanadi. Zamonaviy kemalarda asosan shunday Eshkaklar ishlatiladi. Ularni ham ichki yonuv dvigateli, bugʻ turbinasi va boshqalar harakatlantiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x