ESHITUV-MUVOZANAT NERVI

ESHITUV-MUVOZANAT NERVIbosh miya nervlarining 8-jufti. Ikki funksional — vestibulyar apparat (muvozanat aʼzosidan impulslarni uzatuvchi) va chigʻanoq (tovushni qabul qiluvchi) qismdan iborat (q. Quloq). Vestibulyar qism ichki eshitish yoʻlining tagida yotuvchi dahliz tugunchasidan, chigʻanoq qism esa chigʻanoqning suyak plastinkasi asosigacha boruvchi spiral tugunchadan boshlanadi. Eshituv-muvozanat nervining chigʻanoq qism tolalari zararlansa (infeksion yoki shikastlanish tufayli), eshitish qobiliyatiga (kar boʻlishgacha) ziyon yetadi, vestibulyar apparat zararlansa, muvozanat buzilishi va bosh aylanishi kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x