ESHIK OGʻABOSHI

ESHIK OGʻABOSHI, eshik ogʻasi — Oʻrta Osiyo xonliklarida xon saroyidagi bosh xizmatkor, oliy hukmdorning turli qabul marosimlarini oʻtkazish ishlariga mutasaddi boʻlgan shaxs. Rossiya hamda Gʻarbiy Yevropa hukmdorlari saroyida oʻtmishda amalda boʻlgan oberseremoniymeyster va kamerger lavozimlariga toʻgʻri keladi. Xiva xonligida e sh i k oqosi deyilgan. Uning vazifasi saroy darvozalarini qoʻriqlab turish boʻlgan. Eshik ogʻaboshida, albatta, bitta oybolta boʻlishi shart edi, chunki oybolta uning mansab alomati boʻlgan. Hukmdor saroyda boʻlgan vaqgda Eshik ogʻaboshi xonni qoʻriqlash bilan shugʻullangan. Eshik ogʻaboshi arzgoʻylardan nima xususda kelganliklarini surishtirib, ularni saroydagi tegishli amaldorlar tomoniga yoʻllar edi. Faqat juda muhim xabarlar bilan kelgan kishilar xonning huzuriga kirgizilar edi. Eshik ogʻaboshi larning ixtiyorida 46 tadan navkar boʻlgan. Eshik ogʻaboshi saroydagi maʼlum miqdordagi xizmatchilarga boshliq boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x