Erkinlarning eng mansabdori

Yoshlar nashriyotida bosh muharririmiz Erkin Vohidovning birmas, ikki adashi bor edi – yoshlar adabiyoti boʻlimida ishlovchi mashhur tarjimon Erkin Mirobidov, oʻsmirlar adabiyoti boʻlimi muharriri Erkin Siddiqov.

Vohada yashovchi keksaroq bir adibning qoʻlyozmasini koʻrib chiqish Erkin Siddiqovga topshirilibdi. U bir haftadan keyin muallifga telefon qilib, men Erkinboyman, qoʻlyozma bilan tanishdim, Toshkentga kelsangiz, bir fikrlashib olardik, debdi. Muallif nashriyotga kelib, Erkinjon kerak edilar, desa, uni Erkin Mirobidovga roʻpara qilishibdi.

– Hay, hay, hay, sizdek tabarruk odamni koʻradigan kun ham bor ekan-ku! – deya quloch ochib koʻrisha boshlabdi muallif. – Oʻzlariga bir qorakoʻl telpak atab qoʻyganmiz. Qani, boshingizni manavi ipda yaxshilab oʻlchab olay-chi, keyingi safarimda tiktirib kelaman.

Bu odamning kimligini, nima maqsadda kelganini aniqlab olgach, andak adashibdilar, mehmon, siz axtarayotgan Erkin qoʻshni xonada chaqchayib oʻtirgan boʻlishi kerak, debdi Mirobidov. Muallif endi Siddiqovning oldiga kiribdi. Yana qorakoʻl telpakdan gap ochilib, ipda boshni oʻlchab koʻrish boshlanibdi.

Sal oʻtib, ikkala Erkin muallifni oʻrtaga olgancha koridorda askiya qilib turishsa, Erkin Vohidov xonasidan chiqib qolibdi. Boʻlgan voqeani kula-kula eshitib boʻlib, muallifga debdi:

– Nashriyotdagi eng telpakbop Erkin menman. Bularga sholchadoʻppiyam boʻlaveradi.

 

Anvar OBIDJON

 

“Yoshlik”, 2017 yil 10-son

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/erkinlarning-eng-mansabdori/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x