ERKIN SAMANDAR

ERKIN SAMANDAR (asl nomi Samandarov Erkin) (1935.22.3, Xiva tumani) — yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist (1989). Xorazm pedagogika intining oʻzbek tili va adabiyoti f-tini tugatgan (1957). Xorazm viloyat radioeshittirish qoʻmitasi oʻzbek eshittirishlari tahririyati muharriri (195961), Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasida ishlagan (196367; 1990). Oʻzbekiston televideniyesi «Yoshlik» studiyasi bosh muharriri (1967—69), Dasturlar direktori (1969—75), adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharriri (1975—77). «Xorazm haqiqati» gaz. da boʻlim mudiri, bosh muharrir (1961—63; 1977—90). Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (199093).

Birinchi sheʼriy kitobi — «Amu jilolari» (1966). Shundan keyin Erkin Samandarning oʻndan ortiq sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Erkin Samandar, shuningdek, «Osmonning tosh tulpori», «Oltin sandiq», «Erk sadolari», «Ishqiy maktublar» kabi dostonlar muallifi. Tarixiy mavzularda bir qancha sahna asarlari ham yaratgan («Javohir», 1980; «Ajdodlar qilichi», 1985; «Bashorat», 1994; «Jaloliddin Manguberdi», 1999; «Arabmuhammad Bahodirxon», 2002). «Pahlavon Mahmud Piryorvaliy» (1995), «Suyanch» (1996), «Ming otlilar diyori» (2003) singari qissa va badialari ham bor. «Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq» (1988), «Tangri qudugʻi» (1994) va boshqalar romanlari zamonaviy oʻzbek romanchiligi rivojida oʻziga xos oʻrin tutadi.

As: Saylanma, T., 1989; Sulton Jaloliddin [Roman], T., 2005.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x