ERITEMA

ERITEMA (yun. — qizillik) — terining maʼlum bir joyi yoki anchagina qismining qizarishi. Kishi juda uyalganida yoki kuchli gʻazablanganida ham (reflektor) E. kuzatiladi, lekin bu holat tezda oʻtib ketadi. Turli fizik va kimyoviy omillar (ishqalanish, issiq, sovuq, ultrabinafsha nur), ayrim yuqumli kasalliklar (qizamiq, skarlatina, ich terlama), teri kasalliklari (dermatitlar va h. k.), intoksikatsiya, qon aylanishining buzilishi va boshqalarda Eritema paydo boʻladi. Davolash Eritemaga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x