ERGASTERIYALAR

ERGASTERIYALAR (yun. — ishlayman) — Yunoniston, ellinizm davridagi Sharqda, soʻngra Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari va soʻngra Vizantiyada — hunarmandchilik ustaxonalari. Odatda, Ergasteriyalarda qullar mehnatidan foydalanilgan. Ergasteriyalar egalari gohida oʻzlari ham ular bilan ishlashgan, yoxud qullar ustidan nazorat qilib turishgan. Baʼzan Ergasteriyalar qulnazoratchilarga topshirilgan. Yunonistondagi Ergasteriyalar yaxshi tadqiq etilgan. Ularda qullar soni uncha koʻp boʻlmagan: 3—4, 10—12 ta, baʼzan 30 dan oshgan. Faqat mil. av. 4-asrga kelib 100 ta qul boʻlgan E. qayd etilgan. Ergasteriyalar hunarmandchilikning barcha sohalarida mavjud edi. Konlar qoshidagi E. da mehnat ogʻir boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x