ERDENIDZU

ERDENIDZU — tarixiy-maʼmuriy yodgorlik, Mongoliyadagi dastlabki budda ibodatxonasi. Xangay togʻlarining sharqiy yon bagʻrida, Urxun daryosining yuqori oqimi boʻyida joylashgan. 1585 yil barpo etilgan. Oʻrta asrlarda Mongoliyaning eng yirik diniy va siyosiy markazi boʻlgan. 18-asrda vayron qilingan, 18-asr oxiridan ahamiyatini yoʻqotgan. Koʻplab oʻziga xos minoralari (suburganlar) va darvozalari boʻlgan qadimiy ibodatxonalar saqlangan. Erdenidzu mongol meʼmorligining ajoyib yodgorligi. Hoz. muzey. Erdenidzu yaqinida qadimiy moʻgʻullarning poytaxti — Qoraqurum xarobalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x