EPSOMIT

EPSOMIT (ilk bor Epsom shahridagi mineral suvlardan ajratib olingan, nomi shundan) — achchiq tuz, sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Myo[§04]7N20. Romb singoniyada kristallanadi. Kristallari prizmatik va ignasimon, rangi oq va rangsiz, shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 1,7 g/sm3. Moʻrt, suvda eriydi, taʼmi achchiqshoʻr. Tarkibidagi magniy yuqori darajada boʻlgan sulfatli shoʻr qoʻllardagi namakob (rapa)larning qurib kamayishi natijasida hosil boʻladi. Epsomit galit, karnallit, kizerit, poligalit, angidrit bilan assotsiatsiyada uchraydi. Epsomit sunʼiy yoʻl bilan oson tayyorlanadi, undan tibbiyotda, toʻqimachilik, qogʻoz va kimyo sanoatida foydalaniladi. E. Qozogʻiston, RF, Ukraina, Germaniya va AQSH dagi tuz konlarida mavjud. Oʻzbekistonning Samarqand viloyati va jan. viloyatlarida uchratish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x