EPIGENEZ

EPIGENEZ (epi… va…genez) — organizmlarning murtakdan asta-sekin yangi shakl oʻzgarishlar natijasida rivojlanishi toʻgʻrisidagi taʼlimot. «Epigenez» terminini ingliz vrachi va fiziologi U. Garvey taklif etgan (1651). Epigenez organizmlar tuzilishi xususiyatlarning jinsiy hujayralarda mujassamlashuvi toʻgʻrisidagi preformizm taʼlimotiga qarshi vujudga kelgan. Ammo Epigenez va unga qarama-qarshi konsepsiyalar antik davrdan maʼlum boʻlgan. Rus embriologi va anatomi K. F. Volf va boshqalar olimlar ishlari tufayli Epigenez taʼlimoti gʻalaba qozonib, embriologiyanit rivojlanishi uchun zamin yaratildi. 19-asrning 70—80-y. larida sitologiyaning rivojlanishi bilan Epigenezni inkor qiluvchi juda koʻp irsiyat konsepsiyalari paydo boʻldi. 19-asr oxirida rivojlanish mexanikasining paydo boʻlishi bilan Epigenez yana qayta oʻz mavqeini egallaydi. Lekin Epigenez koʻp jihatdan vitalistik xususiyatga ega boʻlgan (q. Vitshshzm). Epigenez taʼlimoti tarafdorlari hujayrada organizm uchun xos boʻlgan belgilar toʻliq jo qilinganligi, uning bundan keyingi rivojlanishi oldindan belgilab qoʻyilgan belgilarni tashqi, yaʼni moddiy boʻlmagan omillar taʼsirida yuzaga chiqishi toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari surishgan. 20-asrda genetikaning yuzaga kelishi bilan oldingi sodda tushunchalar oʻrniga organizmlar ontogenezi qonuniyatlarini koʻrsatib beruvchi genetik informatsiya toʻgʻrisidagi gʻoyalar paydo boʻldi.

Hoz. zamon biol. sida organizmlar rivojlanishi davomida genetik informatsiyaning amalga oshirilishini organizmda paydo boʻladigan neyrogumoral va gormonal bogʻlanish hamda muayayn tashqi taʼsir bilan bogʻlab tushuntiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x