ENTOMOFIL OʻSIMLIKLAR

ENTOMOFIL OʻSIMLIKLAR (yun. — hasharot va — sevaman) — hasharotlar vositasida (chetdan) changlanuvchi oʻsimliklar. Bunday oʻsimliklar oʻziga jalb qiluvchi maʼlum belgixususiyatlarga ega boʻladi. Mas, moychechak, boʻtakoʻz kabi oʻsimliklarning guli chiroyli, yorqinligidan hasharotlarni oʻziga jalb qiladi. Raffleziyasimonlar va tropik mintaqadagi orxislar esa badboʻy hid taratadi (shu sababli ularga oʻlimtik yoki axlatlarda koʻpayadigan pashsha va qoʻngʻizlar qoʻnadi). Hasharotlar guldan gulshira oladi yoki shu gulning changi bilan oziqlanadi. Guldangulga qoʻngan hasharot biron gulning changchisidan olgan changni boshqa gulning urugʻchisiga tushiradi, shu tariqa urugʻchi changlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x