ENTELEXIYA

ENTELEXIYA (yun. — tugal, mukammal va — egaman) — Aristotel falsafasidagi tushuncha; borliqdagi bironbir imkoniyatning amalga oshuvi, shuningdek, ana shu amalga oshishning harakatlantiruvchi omilini (mas, jon tananing Entelexiyasi sifatida) bildiradi va borliqning toʻrtta asosiy prinsipi — shakl, materiya, ishtirok etuvchi sabab va maqsad birligini ifodalaydi. Entelexiyada hodisalarni tushuntirishning teleologik prinsipi (q. Teleologiya) namoyon boʻladi. «Entelexiya» termini oʻrta asr falsafasida, G. V. Leybnis taʼlimotida saqlangan. Biologik hodisalar sabablarini gʻayritabiiy kuchlardan qidirish ham ana shu tushuncha bilan bogʻliqdir (q. Vitalizm.)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x