ENDOKARDIT

ENDOKARDIT — endokardshtt yalligʻlanishi. Odatda, miokardning yalligʻlanishi (endomiokardit) bilan birga kechadi. Kelib chiqishiga koʻra, revmatizm (revmatik Endokardit) va sepsis (septik Endokardit), shuningdek, zaxm, sil va shikastlanish oqibatida rivojlanadigan Endokardit farqlanadi. Endokarditda koʻpincha yurak klapanlari (miokard infarktida) zararlanib, funksiyasi oʻzgaradi, bu yurak poroklarita olib keladi. Endokarditning turli shakllarida yurak klapanlari turlicha (mas, revmatik Endokarditda mitral klapan; septik va zaxm E. ida aortal klapan) zararlanadi.

Endokardit oʻtkir, baʼzan xavfli, oʻrtacha oʻtkir, surunkali kechadi. Kasallikning klinik belgilari uning etiologiyasiga bogʻliq. Revmatik Endokardit asta-sekin boshlanadi, lohaslik, toliqish, bir oz harorat koʻtarilishi, yurak urishining tezlashuvi va shu sohada noxush ogʻriq kuzatiladi; auskultatsiya chogʻida yurakda oʻziga xos shovqin eshitiladi, puls tezlashadi.

Septik Endokarditda dastlab salgina harorat koʻtariladi, keyinchalik shamollash aralash qattiq isitma tutadi; teri rangsizlanadi, koʻp terlash, qamqonlik alomatlari kuzatiladi; eritrotsitlarning choʻkish tezligi ortadi, puls tezlashadi, yurak oʻlchamlari kengayadi, yurakda shovqin, aortal yetishmovchilik vujudga keladi. Septik Endokarditda emboliya, buyrak, miya tomirlarining zararlanishi va boshqalar asoratlar rivojlanishi mumkin.

Davo kasallikning shakli, kechishi va belgilariga qarab tayinlanadi.

Oldini olish. Endokarditga sabab boʻladigan kasalliklar (revmatizm, angina va boshqalar)ni oʻz vaqtida davolashdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x