ENDODERMA

ENDODERMA (endo… va derma) — oʻsimliklarda birlamchi poʻstloqning oʻq organlari markaziy silindriga yondosh boʻlgan bir qator joylashgan hujayralardan iborat ichki qavati. Poyada Endoderma kam ixtisoslashgan, ikkilamchi kraxmalga ega. Ildizda Endoderma hujayralari poʻstida yoʻgʻonlashuv — Kaspari belbogʻi boʻladi. Kaspari belbogʻi tarkibidagi suberin va lignin moddasi hujayra poʻstining suv va ion oʻtkazmasligini taʼminlaydi. Faqat Endodermaning ayrim hujayralari yupqa poʻstli boʻlib, suv oʻtkazadi (oʻtkazuvchi hujayralar). Endoderma — birlamchi poyadan oʻtkazuvchi naylar va teskari yoʻnalishda moddalar oqishini boshqarish vazifasini bajaradi.

Hayvonlarda — boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlarda tana devorining ichki tomonida bir qator boʻlib joylashgan hujayralar qavati; ichki gastral boʻshliqni oʻrab turadi. Hazm qiluvchi — muskul va bezli hujayralardan iborat. Hazm suyuqligi i. ch. va oziqni hazm qilish vazifasini bajaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x