EMANSIPATSIYA

EMANSIPATSIYA (lot.) — 1) jabrzulm, qaramlik, tutqunlik, turli bidʼatlardan qutilish (mas, xotin-qizlar Emansipatsiyasi);

2) voyaga yetmagan kishini muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish. Uzbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqida Emansipatsiya qoidalari FKga 1marta kiritildi. Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish otaonaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiqyoxud bunday rozilik boʻlmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy Emansipatsiya qilingan voyaga yetmagan shaxsning majburiyatlari boʻyicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar boʻyicha javobgar boʻlmaydilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x