ELITA

ELITA (frans. — eng yaxshi, sara) — sotsiologiya va siyosatshunoslikdagi tushuncha. Jamiyatda boshqaruv vazifalarini bajaruvchi, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi oliy imtiyozli ijtimoiy qatlamni anglatadi. Elita nazariyasi Platon, Karleyl, Nisshe tomonidan olgʻa surilgan boʻlsa ham, qarashlar tizimi sifatida 20-asrda V. Pareto, G. Mosko, Ch. Mills va boshqalar tomonidan taʼriflab berildi. Ushbu nazariyaga qoʻra, Elita tugʻma isteʼdodli odamlar orasidan paydo boʻladi. Elitaning 5 toifasi — siyosiy, iqtisodiy, maʼmuriy, harbiy va mafkuraviy Elita ajratib koʻrsatiladi. Ular bir-biriga moslashadi va totalitarizm vujudga kelishining oldi olinadi. Iqtisodiy Elitaga, jumladan, yirik biznesmenlar, sanoatning yetakchilari, moliya magnatlari kiritiladi, ular oldindan koʻra bilish, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik isteʼdodi boʻlgan shaxslar hisoblanadi. Elita nazariyasiga koʻra, tashabbuskor va ishchan har qanday odam, ishi yurishib ketsa, Elitaga kirishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x