ELEKTROTEXNIKA SANOATI

ELEKTROTEXNIKA SANOATIelektr energiyasini hosil qilish, uzatish va isteʼmol qilish uchun elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Bugʻ va gaz turbinalari uchun generatorlar, gidrogeneratorlar, elektr mashinalari, shu jumladan, elektrovozlar, oʻzgaruvchan tok elektrodvigatellari, kuch transformatorlari, payvandlash transformatorlari, kabellar, uzoq masofalarga elektr uzatish liniyalari jihozlari va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaradi. 19-asrning 80-y.

lari paydo boʻldi. Ayniqsa, AQSH va Germaniyada goqori surʼatlarda rivojlandi. Rossiyada 19-asrning oxirlarida chet el kompaniyalarining filiallari paydo boʻldi. Sobiq SSSRda GOELRO rejasini amalga oshirilishi bilan bogʻliq holda sanoat tarmogʻi sifatida shakllandi. Oʻzbekistonda Elektrotexnika sanoati 2-jahon urushi davrida vujudga keddi. 1941-yilda evakuatsiya qilingan Xarkov «Elektrostanok» va Moskvadagi «TVCH» («Tok vnsokoy chastotn») zdlari asosida Toshkent elektrotexnika z-di (q. «Oʻzelektrapparat» aksiyadorlik jamiyati), 1942-yilda Rossiyaning Vladimir viloyatidagi Kolchugino shahridagi kabel z-di asosida Toshkent kabel z-di (q. «Uzkabel» aksiyadorlik jamiyati), Leningrad elektropult z-di asosida Chirchik transformator zavodi ishga tushirilib, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqara boshladi. 1955-yildan respublika E. s. mashinasozlikning mustaqil tarmogʻiga aylandi. Elektrotexnika sanoatining ixtisoslashtirilishi va energetika talablarining osha borishi bilan 60-y. larda Elektrotexnika sanoati keng rivojlandi. 60-y. larning boshida Namangan shahrida E«lektroterm» (1972-yildan «Oʻzelektroterm»), Qoʻqon shahrida «Elektromash» korxonalari qurilib ishga tushirildi. 1987-yildan Toshkent shahrida «Algoritm» birlashmasi ish boshladi (oʻquv yurtlari uchun kompyuterlar, elektrotexnika mahsulotlari va xalq isteʼmoli buyumlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi). 1993-yilda respublikadagi 30 dan ortiq sanoat korxonalarini birlashtirgan «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi tashkil etildi. Uyushma korxonalarida kabel simlari, transformatorlar, payvandlash uskunalari, isitkichlar, yarimoʻtkazgichlar, quyosh energiyasidan foydalanish st-yalari va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqariladi. Uyushma tarkibidagi korxonalar qoshida AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Shveysariya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning kompaniyalari va firmalari ishtirokida 10 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar chet ellarga eksport qilinadi. 2003-yilda Oʻzbekiston E. s. korxonalarida 716 ta kuch transformatorlari, 4048,2 km yuqori kuchlanish simlari, 5295 km rezina qobiqli simlar, 8577 km shahar telefon aloqa simlari, 23688 km yoritqich simlari ishlab chiqarildi.

Chet ellarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda yirik Elektrotexnika sanoati kompaniyalari faoliyat koʻrsatadi. «Jeneral elektrik» (AQSH), «Simens» (GFR), «Xitati» (Yaponiya), «ASEA» (Shvetsiya), «Elektrosila» (Rossiya) va boshqalar korxonalar jahon Elektrotexnika sanoatida elektr mashinalari, shu jumladan, generatorlar, transformatorlar, yuqori kuchlanishli uskunalar va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchi mavqeni egallab keladi (yana q. Elektrotexnika).

Barno Rahimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x