ELEKTROSKOP

ELEKTROSKOP (elektr… va… skopiya) — elektr zaryadlarni sezadigan va ularning kattaliklarini taxm. aniqlaydigan oddiy asbob. E. bir uchiga 2 ta metall yaproqcha sharcha mahkamlangan sterjendan iborat. Sterjen shisha idish ichiga joylashtirilib, izolyatsiyalovchi materialdan tayyorlangan tiqin yordamida mahkamlangan. Sharchaga zaryadlangan jism tekkanda zaryadning bir qismi yaproqchalarga oʻtib, ular birbiridan itariladi; yaproqchalarning ochilish burchagi elektr zaryadi miqdoriga mutanosib boʻladi. Yaproqchalarning ochilish burchagiga qarab jismning zaryadi haqida fikr yuritish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x