ELEKTROMAGNIT MAYDON

ELEKTROMAGNIT MAYDONelektr zaryadlarning oʻzaro taʼsiri bevosita amalga oshadigan fizik reallik; materiyaning alohida shakli. Elektr va magnit maydonlarning kuchlanganligi (induksiyasi) bilan ifodalanadi. J. Maksvell E. m. nazariyasini elektromagnit hodisalarning barcha asosiy qonuniyatlarini ifodalovchi bir necha tenglamalar sistemasi koʻrinishida ifodalagan (1860). J. Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning oʻzaro uzviy bogʻlanishda ekanligini ifodalovchi ushbu 2 gʻoya yotadi:

1) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday magnit maydon elektr maydonni yuzaga keltiradi va

2) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday elektr maydon magnit maydonni yuzaga keltiradi. J. Maksvellning birinchi gʻoyasi toʻgʻriligini elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi, ikkinchisini esa G. Gers elektromagnit toʻlqinlarni kashf qilishi bilan isbotladi. Maxsus shartsharoitlarda Elektromagnit maydon elektr maydon yoki magnit maydon koʻrinishida mavjud boʻlishi mumkin. Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali oʻzaro taʼsir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit oʻzaro taʼsir tabiatda mavjud uch xil fizik oʻzaro taʼsirlarning biri hisoblanadi.

Zaryadlarning fazoda qanday taqsimlanganligi va qanday harakat qilishi maʼlum boʻlsa, bu zaryadlar hosil qilgan Elektromagnit maydon kattaliklarini aniqlash mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x