ELEKTROD

ELEKTROD (elektro… va yun. poyok — yoʻl) — 1) payvandlash elektrodi — payvandlash, eritish yoki kesib tushirish vaqtida detalga elektr toki beradigan element (plastinka, rolik yoki sterjen). Metall, kamdankam hollarda koʻmir sirtiga legirlovchi,, oksidlovchi va barqarorlovchi kimyoviy modda qoplab tayyorlanadi. Elektrodning eriydigan, erimaydigan (volfram va uglerodli poʻlat sterjenlar) va kontakt payvand uchun moʻljallangan turlari bor. Metall Elektrod 0,3—12 mm diametrli qilib yasaladi;

2) p ye ch elektrodi — yoy pechi konstruksiyasining elementi; undan elektr toki pechning ish boʻshligʻiga uzatiladi. Koʻmir, grafit, metalldan tayyorlanadi;

3) galvanik Elektrod — ionli oʻtkazgichga botirilgan element; elektron oʻtkazgich hisoblanadi. Elektroliz vaqtida galvanik tok manbalari va boshqalarda ishlatiladi;

4) elektron asbob E. i — plastinka, toʻr, silindr va boshqalar shaklda yasaladi. Turli maqsadlarda ishlatiladi. Mas, katod, fotokatod kabi Elektrodlar elektronlar manbai hisoblanadi; toʻrlar (boshqaruvchi, ekranlovchi, antidinatron) va elektron toʻplar asbob ichida ish muhitida elektrodlar va ionlarning harakatini boshqarib turuvchi elektr maydonlar hosil qilish uchun qoʻllaniladi. Anod elektronlar kollektori hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x