EKSPONOMETR

EKSPONOMETR (lot. yexropo qoʻrsataman va …metr) — fotografiyada — foto yoki kino suratga olishda, yo boʻlmasa, foto yoki kinonusxalar koʻchirishda ekspozitsiya (yorugʻlik sezgir materialning yoritilganligi bilan uning yoritilish vaqti koʻpaytmasi) ni aniqlash uchun moʻljallangan qurilma. Ishlash tarziga koʻra, jadvalli, optik (vizual) va fotoelektrik turlarga boʻlinadi. Bularning ichida fotoelektrik Eksponometrlar keng ishlatiladi. Bunday Eksponometr larning ishi fotosuratga yoki kinosuratga olish obyektining yorqinligi yoki yoritilganligini oʻlchashga asoslangan. Koʻpchilik zamonaviy foto yoki kino suratga olish apparatlari ichki Eksponometr li qilib ishlab chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x