EKONOMAYZER

EKONOMAYZER (ing. saqlash) — 1) bugʻ qozoniga beriladigan sovuq suvni qozondan chiqib ketayotgan gazlar issikligi bilan oldindan isitib beradigan issiqlik almashgich qurilma. Suv qaynaydigan va qaynamaydigan turlarga boʻlinadi. Pastroq (2,5 MPa gacha) bosimga moʻljallangan Ekonomayzer choʻyandan qovurgʻali qilib yasaladi, undan yuqori bosimga moʻljallangani esa poʻlat trubalardan toʻgʻri qilib tayyorlanadi;

2) ichki yonuv dvigateli karbyuratoridagi moslama. Drosselli qopqoq (zaslonka) toʻliq ochilganda yoki uning shunga yaqin vaziyatida yonuvchi aralashmani boyitish (yonuvchi aralashma tarkibidagi yonilgʻihavo nisbatini oʻzgartirish, yaʼni yonilgʻini koʻproq, havoni kamroq kiritish) uchun xizmat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x