EFTALIYLAR DAVLATLARI

EFTALIYLAR DAVLATLARIOʻrta Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarda mil. 5-asr oʻrtasida barpo etilgan davlatlar:

1) Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati mil. 5-asr oxiri — 6-asr boshida ravnaq topib, uning hududi hoz. Afgʻonistonning katta qismi, Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistonning sharqiy va jan. sharqiy viloyatlarini oʻz ichiga olgan. Uning asosiy negizini BaqtriyaToxariston tashkil etgan. Shu yerdan turib eftaliylar qoʻshni mamlakatlarga yurishlar qilganlar. Eftaliylar Sosoniylar Eroni ustidan bir qancha janglarda zafar quchgan, janglardan birida sosoniylar shahanshohi Peroz halok boʻlgan. U koʻp yillar mobaynida eftaliylarga katta miqdorda tovon toʻlab kelgan edi.

Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati bir qancha yarim mustaqil mulklarning konfederatsiyasidan iborat boʻlib, ularni eftaliylar podshosiga tobe merosiy sulolalar boshqarar edi. Bu yerda Hindistondagi kabi tanga pullar markazlashgan tartibda zarb qilinmagan, aksincha deyarli har bir mulk oʻzining qumush yoki mis tangasini zarb qilgan. Saltanatda bir necha turdagi yozuvlar (sugʻd, baqtriy, braxmi va boshqalar) mavjud boʻlgan, lekin baqtriy yozuvi davlat yozuvi hisoblangan. Eftaliylarning oʻzi dastlab koʻchmanchi boʻlib, keyinchalik shaharlarni bosib olishlari bilan, asosan, oʻtroq hayot tarziga oʻtgan boʻlsalar kerak. Shu tufayli Vizantiya tarixchilari (Menandr) eftaliylarning shahar qabilasi sifatida taʼriflaydi. Eftaliylar jamiyatida mulkiy tabaqalanish mavjud edi. Eftaliylar kuchli, asosan, otliqlardan iborat qoʻshinga ega boʻlgan. Eftaliylar orasida poliandriyaning shakllaridan biri hukm surgan. Eftaliylar oʻt va quyoshga sigʻinishgan, Oʻrta Osiyodagilar esa — budsaviylik, manixeylik, xristianlik, zardushtiylikka eʼtiqod qilishgan;

2) Eftaliylar Hindistonga bostirib kirishi natijasida vujudga kelgan. Shim. Hindiston, Pokiston va jan. sharqiy Afgʻoniston hududidan iborat boʻlgan. . Hindistondagi Eftaliylar davlati mil. 5-asroxiri — 6-asrning 1-yarmida, Toʻramon va uning vorisi Mixirakula davrida kuchqudratga toʻlib, ravnaq topgan. 6-asr oʻrtalariga kelib tanazzulga yuz tutgan.

Ad: Rtveladze E. V., Velikiy shelkovga put, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x