EFIRLAR

EFIRLAR — tarkibida kislorod boʻlgan organik birikmalar. Ular 2 guruhga: oddiy Efirlar (K — O — K1) va murakkab Efirlar (K SOO K1) ga boʻlinadi (bu yerda K va K1 — SN3; S2N5; S3N7; S6N5 kabi organik radikallar).

Oddiy Efirlarga suv molekulasidagi 2 vodorod oʻrnini bir valentli uglevodorodlar radikallari almashgan moddalar sifatiga qaraladi (mas, dietilefir S2N5—O—S2N5). Agar Efirlar tarkibidagi radikallar turlicha boʻlsa, ular aralash efirlar deyiladi (mas, metilpropil efir SN3—O — S3N7). Tabiatda fenil va naftil Efirlar uchraydi.

Yogʻ qatori Efirlari, odatda, rangsiz suyuqliklar boʻlib, suvdan yengil, tegishli spirtlardan pastroq trada qaynaydi. Aromatik qatorning oddiy Efirlari hisoblangan difenil E. va naftil qatori Efirlari, odatda, qattiq moddalardir. Oddiy Efirlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, quyi oddiy Efirlar suvda oz eriydi. Oddiy Efirlar sanoat miqyosida spirtlarga sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Sanoatda erituvchi sifatida keng qoʻllanadi. Ulardan plastifikatorlar, xushboʻy moddalar sintez qilinadi, organik sintezda yarim xom ashyo sifatida foydalaniladi.

Murakkab Efirlarda uglevodorod radikali kislorod atomi orqali anorganik yoki organik kislotalar bilan birikkan boʻladi. Bularga sirka etil efir (etilatsetat) yoki nitrit kislotaning etil efiri (etilnitrit) misol boʻla oladi. Murakkab Efirlar tabiatda yogʻlar va vosklar sifatida uchraydi. Fosfat kislota Efirlari inson va hayvonlarda moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Murakkab Efirlarning aksariyati suvda erimaydigan, zichligi suvnikidan kichik, meva hidiga ega suyuqliklardir. Bular, asosan, eterifikatsiya usuli bilan olinadi. Murakkab Efirlarga sovunlanish reaksiyalari tavsiflidir. Quyi murakkab Efirlar (etilatsetat) erituvchilar sifatida, oʻrtalari (nok essensiyasi) oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Sulfat kislota Efirlari organik sintezda, nitrat kislota E. i (nitroglitserin) esa portlovchi moddalar sifatida qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x