EFIR MOYLARI

EFIR MOYLARI — uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar, fenollar, aldegidlar, murakkab efirlar hamda baʼzi geterotsiklik birikmalar aralashmasidan tashkil topgan uchuvchan suyuq moddalar. Efir moylari koʻpgina oʻsimliklar tarkibida boʻlib, ularga hid beradi. Spirt, efir va benzolda eriydi, aksariyati suvda oz eriydi, baʼzilari esa umuman erimaydi.

Efir moylari oʻsimliklardan quyidagi yoʻllar bilan olinadi: suv bugʻi yordamida haydash; past tralarda qaynaydigan erituvchilar yoki hidsiz toza yogʻ (mol yogʻi) bilan ekstratsiya qilish (buni anfleraj usulida olish deb ham ataladi); presslash orqali.

Efir moylari sanoatda keng qoʻllanadi. Ulardan atirupa, sovun ishlab chiqarishda, tish pastalari, oziqovkat essensiyalari tayyorlashda, tamakini xushboʻy qilishda, tibbiyotda (qalampir va evkalipt moylaridan) foydalaniladi. Efir moylari kimyo sanoatida, farmatsevtikada ham qoʻllanadi. Pinendan kamfora sintez qilinadi, daraxt moyi skipidar lok va boʻyoq ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ishlatiladi. Nozik organik sintez texnologiyasi Efir moylarining sintetik analoglari ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x