EDIRNE

EDIRNE — Turkiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Edirne elining maʼmuriy markazi. Aholisi 119,3 ming kishi (2000). Transport yoʻllari chorrahasi, Q. x. rayonining (gʻalla va boshqalar) savdo markazi. Oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari mavjud. Shaharga, taxminlarga koʻra, frakiylar tomonidan Odris nomi bilan asos solingan. Mil. av. 4-asrdan 2-asr oʻrtalarigacha qadimiy Makedoniya mustamlakasi. Oʻsha vaqtdan Rim bosib olgan. Mil. 125-yilda Rim imperatori Adrian tomonidan qayta qurilib, uning sharafiga Adrianopol deb nomlangan. 4-asr oxiri — 14-asr oʻrtalarigacha Vizantiya tarkibida boʻlgan. 14-asrning 60-y. larida Usmonli turk saltanati qoʻl ostiga oʻtgan. 1453-yilgacha Usmonli turk saltanati poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan 15—17-asrlarga oid masjidlar sakdangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x