EDELVAYS — murakkabgullilar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; manzarali togʻ guli. Vatani — Yevropa, Xitoy, Yaponiya va Sibirda ham uchraydi. Alp togʻlarining ohaktoshli qoyalarida, dengiz sathidan 1700—2300 m balandlikda alp Edelvaysi, Sibirda sibir E. i, Himolay togʻlarida himolay Edelvaysi oʻsadi. Edelvays poyasining hamma qismi oppoqtuklar bilan qoplangan. Savatchasi tukli qoplovchi tangacha barglar bilan oʻralgan, yulduzsimon murakkab toʻpgul hosil qiladi. Edelvays iyul. avg. da gullaydi. Sibir va himolay Edelvays lari sovuqqa chidamli. Manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые