ECHKIEMAR

ECHKIEMARxalq seleksiyasida chi. qarilgan oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, besh boʻlmali, kertiklari yuza, chetlari arra tishli. Guli funksional urgʻochi. Uzum boshi yirik (boʻyi 30 sm gacha), oʻrtacha ogʻirligi 450 g, gʻujumi yirik, choʻzinchoq oval, toʻq qizil, eti tigʻiz, sershira, tarkibida qand miqdori 20%, nordonligi 3,8— 4,5%, karsillaydi, poʻsti yupqa, hosili faol harorat yigʻindisi 3400—3800° da 135 kunda, avg. ning 2-yarmida yetiladi. Hosildorligi 100—120 s/ga. Antraknoz va ragʻa kasalligiga chidamli. Novdalari uzun qoldirib, koʻproq ishkom yoki voishlarda oʻstiriladi. Uzumi yangiligida yeyiladi. Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida koʻproq ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x