ECHKEMARSIMONLAR

ECHKEMARSIMONLARkaltakesaklar kenja turkumiga mansub sudralib yuruvchilar oilasi. Hozir yashab turgan bir urugʻi (Uagapsh) mavjud. Tanasi choʻziq, oyoqlari yaxshi rivojlangan, dumi koʻpchilik turlarida yon tomondan siqilgan. Boshi mayda qalqonchalar bilan qoplangan; tanasidagi tangachalar yumaloq, botiq. Tili uzun, uchi ikki ayrili. 24 turi bor. Sharqiy yarim shardagi tropik, subtropik va qisman moʻtadil mintaqalardatarqalgan. Madagaskarda uchramaydi. Odatda, ochiq yerlarda, daryo va boshqalar chuchuk suv havzalari qirgʻogʻida yashaydi; yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Tez yuguradi. Echkemarsimonlar — eng yirik kaltakesaklar, uz. 0,8—3 m. Pleyston davrida yashagan qazilma ajdodlarining uz. 10 m gacha boʻlgan. Hoz. Echkemarsimonlardan eng yirigi — Ko1^od o. echkemarining uz. 3 m ga yetadi.

Echkemarsimonlar — yirtqich. Kaltakesaklar, ilonlar, mayda sut emizuvchilar, suvda yashaydiganlari esa, asosan, baqalar, baliqlar, qisqichbaqalar, mollyuskalar va boshqalar hayvonlar bilan oziqlanadi. Kulrang Echkemarsimonlar choʻllarda yashaydi; Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qozogʻistonning jan. qismida tarqalgan. Uz. 1,5 m gacha. Boshqa hayvonlarning inlarida yashaydi, kamdankam oʻzi in qaziydi. Uch yoshida jinsiy yetiladi. Urgʻochisi 10—23 ta tuxum qoʻyadi. Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻrta Osiyo davlatlari Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x